Eronda kuchli sel ko‘pchilikning umriga zomin bo‘ldi

1


Eronning shimoli-g‘arbida kuchli yog‘ingarchilikdan kelib chiqqan sel oqibatida 36 kishi jon berdi. Bu haqda Turkiyaning TRT telekanali xabar qildi.

Sharqiy Ozarbayjon viloyatining 4 ta shahrida esa sel tufayli aholi sharoiti o‘ta qiyinlashgan.

Selda g‘oyib bo‘lgan o‘nlab kishidan haligacha hech qanday darak yo‘q.

Qidiruv va qutqaruv ishlari davom etar ekan jon berganlar sonining ortishidan xavotir olinmoqda.

1 izoh

Comments are closed.