Vestminster Xalqaro Universitetida «Ph. Jessup Xalqaro huquq tanlovi»ning milliy bosqichlari o‘tkazilmoqda

Bugun, 8-fevral kuni Toshkentdagi Vestminster Xalqaro Universitetida «Ph. Jessup Xalqaro huquq tanlovi» (The Philip C. Jessup International Moot Court Competition)ning milliy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda tadbirda ishtirok etayotgan «Korrespondent O‘zbekiston» muxbiri ma’lum qildi.

Foto: «Korrespondent O‘zbekiston»

Ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan tanlovning Respublika bosqichida O‘zbekistondagi 3 ta universitet talabalari bellashishmoqda, bular: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Tanlov 3 raunddan iborat bo‘lib, hakamlar g‘olibni shu bugunning o‘zida aniqlaydi va e’lon qiladi.

Tanlovda g‘olibi bo‘lgan jamo a’zolari Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro bosqichga yo‘llanma oladi. Dunyoning besh yuzdan ortiq jamoasi ishtirok etadigan ushbu tanlovning yakuniy bosqichi an’anaviy tarzda Internet orqali jonli efirga uzatiladi va odatda yuz minglab tomoshabinlarni qamrab oladi.