Internet asoschilaridan biri Robert Teylor vafot etdi


Internet tarmog‘i asoschilaridan biri Robert Teylor 85 yoshida 13-aprel kuni hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Izvestiya xabar qilmoqda.

Oila a’zolaridan birining ma’lum qilishicha, olim Parkinson kasalligi va boshqa turli kasallar bilan xastalangan. U o‘zining Kaliforniyadagi uyida, yaqinlari davrasida jon berdi.

Teylor 1960-yillarda Pentagonda hukumat tarmog‘i – Arpanet internet prototipini ishga tushirgan. U internet tarmog‘i hamda zamonaviy kompyuterlarni yaralishida asosiy rolni o‘ynagan.