O‘zbekistonda yana ajralish tartibi o‘zgartirilmoqda

0
3620
marta oʻqilgan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 3-yanvar kuni imzolangan, 5-yanvardan qonuniy kuchga kirgan, «Alohida davlat organlari faoliyatining takomillashtirilishi va fuqarolar huquqlari va erkinliklari himoyasini kafolatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra Oila kodeksida nazarda tutilgan ajrashtirish mexanizmiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Korrespondent Uzbekistan 17
Foto: azlegal.cz

O‘zgarishlarga ko‘ra, Oila kodeksining 40- va 128-moddalariga nisbatan qo‘llanilgan. Bu choralar sudlar tomonidan yarashish uchun ajratilgan vaqtdan maqsadli foydalanilmayotgani sababli qo‘llanilmoqda.

40- va 218-moddaning yangi tahririga ko‘ra, endi eng uzog‘i uch kun ichida sudlar va FHDYO organlari yarashtiruv komissiyalariga ular zarur choralarni ko‘rishi uchun yozma ravishda bildirishnoma jo‘natadi. Bildirishnoma er-xotinlarning birgalikda istiqomat qiladigan fuqarolar yig‘iniga, agar ular alohida yashashsa — ularning har biri yashayotgan joyga jo‘natiladi.

Sud tomonidan yarashish uchun muddat belgilangani yoki ajrashish ishi bo‘yicha sud majlisi qoldirilgani; shuningdek FHDYO bo‘limiga ariza tashlanganidan boshlab uch kun muddat ichida bildirishnoma jo‘natiladi.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2017-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan ro‘yxatga olingan nikohlar — 96,3 ming (2016-yilning birinchi yarmida — 92,4 ming) va ajralishlar — 15,6 ming (2016 yilning shu davrida — 14,8 ming) soni oshgan.

Qonun matbuotda e’lon qilindi va 2018-yil 5-yanvardan kuchga kirdi.