Shohjahon Ergashevning navbatdagi nokautli g’alabasi

0

O‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev professional ringdagi 12-g‘alabasini qo’lga kiritdi.

shohjahon-ergashev

Quvonarlisi, u barcha janglarida raqiblarini nokautga uchratdi. Navbatdagi jangida amerikalik bokschi Soni Fredriksonga qarshi ringga chiqqan Ergashev raqibini 3-raundda texnik nokautga uchratdi. Fredrikson bungacha professional boksda 18 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgan, shulardan 12 ta jangini nokaut bilan tugatgan edi. Endilikda ilk mag‘lubiyatini o’zbek o’g’loni qabul qilib oldi. Ergashev Nyu-Yorkdagi jangga boshida do‘ppi hamda Sherali Jo‘rayevning “O‘zbegim” qo‘shig‘i sadolari ostida chiqib kelgandi.